Filippinda bir musulmon 64 nasroniyning hayotini saqlab qoldi
Filippinlik musulmon Nur Lyukman jangarilar tajovuzidan o‘z uyida nasroniylarni yashirib, jasorat ko‘rsatdi. Filippinning Maravi shahri IShID jangarilari tomondan bosib olingan bir vaqtda nasroniy ishchilar Lyukmanning uyida ta'mirlash ishlari olib borishayotgan bo‘lgan.
"Shahar bosib olinganda, ba'zi nasroniylar shaharni tark etisha olmagan, shuning uchun men ularni himoya qilishni o‘z zimmamga oldim", deb eslamoqda Lyukman.
Jangarilar uning uyi eshigini taqillatishganda, Lyukman ularni ketishga ko‘ndira olgan. Uning aytishicha, agar terrorchilar uning uyida nasroniylar borligini bilib qolishganda, unda hech kim omon qolmasdi.
Filippin hukumatining ma'lum qilishicha, shaharni ozod qilish vaqtida 30 nafar fuqaro va 38 nafar harbiy halok bo‘lgan. Shuningdek, 1200 nafar odam harbiylar tomondan qutqarib qolingan va 120 jangari yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024