Jamiyat | 09:25 / 08.06.2017
6722
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada bee'tibor ona 1,5 yashar farzandi o‘limiga sababchi bo‘ldi

Foto:Flickr / Luca Prioli

Italiyaning Toskana viloyatida yashovchi ayol 16 oylik qizini mashinada qoldirib, ishiga kirib ketgan. Qizaloq 6 soat mobaynida quyoshda qolib ketib vafot etgan. 

Italiyani karaxt holga solgan bu voqea 7 iyunda Toskana viloyatining Kastelfranko-di-Sopra shahrida yuz berdi. Shahar meriyasi xodimasi ishga yo‘lda qizini yasliga tashlab ketishni unutib qo‘ygan va farzandini ishxonasi yonidagi avtoturargohda 30 gradus haroratda mashina ichida qoldirib, ishiga kirib ketgan. Norasida qizaloq mashina ichida 6 soat o‘tirgan.

Ayol tushlik vaqtida soat 14:00larda mashinasi yoniga qaytganda, farzandini jonsiz holda aniqlagan. Qizchani piyodalar va ayolning hamkasblari hamda voqea joyiga vertolyotda yetib kelgan qutqaruvchilar defibrillyator yordamida jonlantirishga harakat qilishgan, biroq kech bo‘lgan edi.

Ayol prokuratura va karabinerlar tomondan so‘roq qilingan. Italiya OAVning ma'lum qilishicha, ayolning tanishlari uni juda g‘amxo‘r va e'tiborli ona sifatida ta'riflashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid