Jahon | 07:25 / 08.06.2017
12789
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Qatar amiri o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Al Jazeera telekanali xabar berdi

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Fors ko‘rfazi davlatlarida yuzaga kelgan inqirozni hal qilishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Bir kun avval Rossiya prezidenti ham Ol Soniy bilan suhbatlashgandi. Suhbat davomida Putin Rossiyaning inqirozli vaziyatlarni siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilish tarafdori ekanligi bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini tasdiqlagan.

Mavzuga oid