77 kishining qotili Breyvik ismi-familiyasini o‘zgartirdi
Norvegiyalik terrorchi Anders Bering Breyvik rasman ism-familiyasini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
21 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan terrorchining yangi ismi Fotolf Xansen bo‘ldi. Uning advokati terorchini ismini o‘zgartirishga nima undagani sabablarini bilmasligini aytgan.
Breyvik 2011 yil 22 iyulda Norvegiyada ikkita terakt sodir etgan. Bu teraktlar oqibatida 77 kishi halok bo‘lgan. Terrorchi 21 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
8 iyunda Norvegiya oliy sudi Breyvikning qamoqda saqlanishida huquqlari buzilgani alomatlarini ko‘rmay, uning davlat ustidan shikoyatini ko‘rib chiqishni rad etgan. Breyvik shu sababli Yevropaning inson huquqlari sudiga murojaat qilmoqchi. Qonxo‘r Breyvik qamoqda unga yotoqxona, ishchi xona va tranejyor zalidan iborat uch xonali kamerada shinamlik yetmayotganidan shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
19:30 / 24.10.2024
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etildi
09:10 / 16.10.2024
Rossiya Norvegiyadagi elchixonasi shtatini qisqartirdi
20:31 / 12.10.2024