Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Asr shartnomasi": Saudiya AQShdan 110 milliard dollarga qanday qurollarni sotib oladi?
Amerikalik ekspertlar Saudiya Arabistoni AQShdan sotib oladigan qurol-yarog‘lari ro‘yxatini e'lon qilishdi.
Tarixdagi qurol sohasida eng yirik kelishuv – bu 100 milliard dollar va Yaqin Sharqdagi eng qurollangan armiya. Saudiya Arabistoni azaldan AQShning mintaqadagi ittifoqchisi bo‘lgani holda, o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda va faol ravishda qurollanmoqda.
Qayta qurollanish o‘z ichiga nafaqat aviatsiya o‘q-dorilari va raketa qurollari, balki maxsus havo kemalarini ham qamrab olgan: josuslik va yoqilg‘i quyish samolyotlari, havo mudofaasi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari hamda ko‘plab boshqa narsalar.
E'lon qilingan hujjatga ko‘ra, sarf-xarajatlar orasidagi eng yirik band havo mudofaasi va THAAD raketalarga qarshi mudofaa komplekslarida bo‘ladi. Bu boradagi texnikani sotib olishga taxminan 13,5 milliard dollar sarflanishi kutilmoqda.
Mamlakat hukumati 4,5 milliard dollarni yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilari va JDAM komplekslariga ajratadi. Rejaga ko‘ra, qirollik HHK taxminan 104 mingta shunday o‘q-dorini oladi.
Deyarli 6,7 milliard dollarni Patriot zenit raketa majmualarini sotib olish va ularga xizmat ko‘rsatishga sarflash rejalashtirilgan. Bu majmualar uchun shartnoma 2018-2027 yillar davomida yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni ham qamrab olgan.
5,8 milliard uchta 130J yoqilg‘i quyish samolyotlari va 20 ta C-130J transport samolyotlarini xarid qilishga sarflanadi. Mamlakat hukumati yana olti milliard dollarni Lockheed Martin kompaniyasiga sohilbo‘yi zonasida kemalarni qurish uchun to‘lab beradi. SNEP II loyihasi doirasida yaratilayotgan kemalarning aniq soni noma'lum.
Bundan tashqari, 2,35 milliard dollar Bradley piyoda askarlar jangovar mashinasini modernizatsiya qilishga sarflansa, 1,35 milliard – shu turdagi 213 ta yangi mashinani sotib olishga yo‘llanadi. 1,5 milliard artilleriya o‘ziyurarlari va to‘plarni xarid qilishga ajratiladi.
Yana kamida 18 milliard dollarni boshqaruv va qo‘mondonlik tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish, aloqa liniyalarini ta'minlash va o‘zaro harakatlar komplekslarini yaratishga sarflash rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025