Jahon | 18:10 / 09.06.2017
28369
2 daqiqa o‘qiladi

Qatarliklar sanksiyalarga qanday munosabat bildirshmoqda?

Foto: Anadolu

Qatar aholisi arab mamlakatlarining ularga qarshi kiritgan sanksiyalarini adolatsiz deb hisoblaydi va Turkiya, Eron hamda Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashiga umid qiladi. Bu haqida "Anadolu" agentligi Qatar poytaxti Dohadan ma'lum qildi

Mahalliy aholi Qatar boy tabiiy gaz zahirasi tufayli qo‘shni mamlakatlar embargosiga osonlikcha qarshi tura olishiga ishonmoqda. Doha aholisining "Anadolu"ga ma'lum qilishicha, ular sanksiyalarning kundalik hayotga salbiy ta'sirini sezishmagan. Odamlar kuchli iqtisodiyot va siyosiy ittifoqlar Qatarning bu vaziyatdan munosib chiqishiga ishonch bildirishmoqda.

"Saudiya Arabistoni va BAA Qatarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishdi. Biz bundan juda ham xafamiz. Axir Qatar - musulmon va arab mamlakati-ku! Ular muqaddas Ramazon oyida bunday qilmasliklari kerak edi. Siyosiy sanksiyalar kiritilishini-ku tushunsa bo‘ladi, ammo oziq-ovqat yetkazilishini to‘xtatishning nima keragi bor edi?", - deya ta'kidlaydi Al-Xolid ismli fuqaro. 

Mahalliy aholi sanksiyalar joriy qilinganidan keyin Doha aholisi do‘konlardagi barcha tovarlarni xarid qilishga kirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Bugun do‘konda bo‘ldim, barcha tovarlar to‘lib turibdi. Ba'zi ommaviy axborot vositalari yolg‘on xabar tarqatishadi", - deydi Qatarda yashovchi Jyeyla Jamil At-Tamimiy.

U shuningdek Turkiyaning Qatarga ko‘rsatayotgan yordamini yuqori baholadi. "Biz barchamiz musulmonlarmiz va bir dinga e'tiqod qilamiz. Turkiya Qatarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Qatarga qarshi yolg‘on ustiga qurilgan targ‘ibot olib borilmoqda", - deydi At-Tamimiy.

Mavzuga oid