Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni futbolchilar terakt qurbonlari xotirasiga sukut saqlamagani uchun uzr so‘radi
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi JCh-2018 saralashi doirasida Avstraliyaga qarshi kechgan (2:3) uchrashuv avvalidagi hodisa uchun uzr so‘ragan. Sadiyalik futbolchilar uchrashuv boshlanishidan oldin London terakti qurbonlari xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlash marosimidan bosh tortishgandi.
«Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Saudiya Arabistoni podshohligi terma jamoasi futbolchilari Adelaidada Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan Londondagi hujum qurbonlari xotirasi uchun sukut saqlash marosimida ishtirok etmagani uchun chuqur afsus bildiradi va uzr so‘raydi. Futbolchilar terakt qurbonlari xotirasini haqoratlashni yoki qurbonlarning oila a'zolarini va yaqinlarini ranjitishni istashmagan. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi terrorizmni va ekstremizmni qoralaydi, qurbonlarning oila a'zolariga, Buyuk Britaniya hukumati va xalqiga chuqur hamdardligini izhor etadi», — deyilgan Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonotida.
Avvaliga OAVda saudiyalik futbolchilar ingliz tilidagi so‘zlarni tushunishmagani uchun sukut saqlashmagani haqida yozildi.
Keyinroq Avstraliya futbol federatsiyasi o‘yindan oldin bir daqiqalik sukut saqlash marosimi o‘tkazilishi haqida Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasini ogohlantirgani haqida ma'lum qildi. Ammo ma'lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi futbolchilarga bunday marosim an'analarga to‘g‘ri kelmasligi uchun sukut saqlamaslikni tavsiya qilgan. Shundan keyin, o‘yin avvalida stadionda sukut saqlanayotganida saudiyalik futbolchilar maydonda o‘z o‘rinlarini egallashga kirishishgan.
3 iyun kuni Londonda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 8 nafar bo‘ldi, ulardan ikki nafari fransiyalik, biri ispan va yana ikki nafari avstraliyalik edi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025