Turkiya hukumati Erdo‘g‘anni haqorat qilgan kema kapitanini boshqaruvdan chetlatdi
Panama bayrog‘i ostida Dardanella bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan Salix kemasi sardori ratsiya bo‘yicha kemalar harakati xizmati bilan muloqoti chog‘ida Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anni haqorat qilganidan so‘ng vazifasidan chetlatilib, qirg‘oqda qoldirildi. Bu haqida DHA agentligi huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kema Ukrainaning Berdyansk portidan Turkiyaning Mersini tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Kema kapitani, Turkiya fuqarosi O.B. Erdo‘g‘an nomiga haqoratli fikrlar bildirganidan keyin unga nisbatan raport tuzilgan va qirg‘oq muhofazasi xizmati bo‘g‘ozdan o‘tgandan keyin kemani chetga olishni buyurgan. Kapitan so‘roq qilingan, kemani boshqarish uning katta yordamchisiga topshirilgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, kapitan mast bo‘lgan. So‘roqdan keyin u qo‘yib yuborilgan, voqeani o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bundan avval Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ mamlakatning 1845 nafar fuqarosiga nisbatan Erdo‘g‘anni haqorat qilish ayblovi bo‘yicha tergov olib borilayotgani haqida ma'lum qilgandi. Turkiya qonunlariga ko‘ra, prezidentni haqorat qilish uchun jarima to‘lovi yoki 1 yildan 4 yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.
Mavzuga oid
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
19:50 / 08.11.2024
Janubiy Koreyada 129 tonnali baliqchilar kemasi cho‘kib ketdi: 12 kishi bedarak yo‘qoldi
11:40 / 08.10.2024