Sport | 10:40 / 09.06.2017
6946
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Meksika Hondurasni yengdi, AQShda ham g‘alaba (turnir jadvali)

Foto: FIFA matbuot xizmati

KONKAKAF mintaqasida 2018 yilgi Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining 5-turi o‘tkazildi.

Meksika terma jamoasi Hondurasni qabul qildi. Mexikodagi «Atsteka» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin avvalida Osvaldo Alanis Xonatan dos Santos hisobni ochdi. Mezbonlarning keyingi gollariga Irvin Losana (Ektor Errera) va Raul Ximenes (Karlos Vela) mualliflik qilishdi. 

Endilikda Meksika 13 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda, Honduras 4 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda.

AQSh esa o‘z uyida Trinidad va Tobagoni qabul qildi. Denverdagi «Diks Sporting Guds Park» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 52-daqiqasida Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich Deandre Yyedlinning pasidan keyin hisobni ochdi, 62-daqiqada Pulishich dublni rasmiylashtirdi — bu safar unga Jozi Altidor assistentlik qildi.

5 turdan keyin AQSh 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan, Trinidad va Tobago 3 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda.

Yana bir uchrashuv Kosta-Rika va Panama terma jamoalarida o‘tkazilib, unda hisob ochilmadi — 0:0.

JCh-2018, Shimoliy Amerika, beshinchi bosqich, 5-tur

Meksika - Honduras 3:0
Gollar: 1:0 - Alanis (34), 2:0 - Losana (63), 3:0 - Ximenes (66)

AQSh - Trinidad va Tobago 2:0
Gollar: 1:0 - Pulishich (52), 2:0 - Pulishich (62)

Kosta-Rika - Panama 0:0
Chetlatish: Gonsales (54, Kosta-Rika)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid