Sport | 09:39 / 10.06.2017
5304
3 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi, H guruhi. Belgiya safarda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamligini mustahkamladi

Yevropa maydonlarida JCh-2018 saralashi doirasidagi 6-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. H guruhida Belgiya Estoniya bilan o‘ynadi. Tallinda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

G‘oliblar safida gollarga Dris Mertens va Nosir Shodli mualliflik qilishdi. O‘yinning 44-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Artyom Dmitrov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.

Guruhning qolgan uchrashuvlarida Bosniya va Gertsegovina o‘z maydonida Gretsiya bilan durang o‘ynadi (0:0), Kipr esa Gibraltarga qarshi safarda oxirgi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qildi (2:1).

Bu natijalardan keyin Belgiya 16 ochko bilan yakkapeshqadamga aylangan, 12 ochko to‘plagan Gretsiya ikkinchi o‘rinda, Bosniya va Gertsogovina 11 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Kipr (7), Estoniya (4) va Gibraltar (0).

JCh-2018, Saralash
Yevropa, 6-tur

Estoniya – Belgiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Mertens, 0:2 – 86 Shadli.
Estoniya – Aksalu, Baranov, Mets, Pikk, Klavan, Luts (Kallaste, 75), Vasilev, Teniste, Zenev (Oyamaa, 79), Kyayt (Aner, 85), Dmitriyev.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Kompani, Shadli, Vittsel, Ferreyra Karrasko, de Bryuyne, Fellayni, Mertens (Batshuayi, 81), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Mets (83).
Chetlatish: Dmitriyev (44).

Gibraltar – Kipr 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Chipolina, 1:1 – 30 Ernandes, 1:2 – 87 Soteriu.
Gibraltar – Ibraim, Kassiaro (Kumbz, 82), Chipolina, Barnett, Olivero, Uoker, Bardon (Kassiaro, 90), Garsiya, Chipolina, Ernandes, Kassiaro.
Kipr – Panagi, Layfis, Merkis, Ioannu, Artimatas (Mitidis, 82), Demetriu, Margasa (Aleksandru, 61), Kiryaku, Xaralambidis, Soteriu, Xristofi (Makris, 73).
Ogohlantirishlar: Ernandes (37), Ioannu (41), Layfis (55), Kiryaku (68), Kassiaro (73), Uoker (82).

Bosniya va Gertsegovina – Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0)
Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Shunich (Dumich, 69), Vranesh, Bichakchich, Zukanovich, Lulich (Kodro, 21; Beshich, 77), Pyanich, Yayalo, Vishcha, Djyeko, Ibishevich.
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Torosidis, Stafilidis, Manolas, Tsiolis, Fortunis (Manyatis, 90), Mantalos (Kurbelis, 90), Zeka, Mitroglu, Bakasetas (Donis, 50).
Ogohlantirishlar: Manolas (16), Zukanovich (16), Papastatopulos (33), Donis (58), Bichakchich (61), Yayalo (65), Ibishevich (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid