Sport | 10:40 / 11.06.2017
19587
2 daqiqa o‘qiladi

Buffon: «Real»ning eng yomon o‘yinchisi ham mendan ko‘proq sovringa ega

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon 2018 yilgi jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi. 

"Sportchining faoliyati g‘alaba va mag‘lubiyatlardan iborat. O‘z vaqtida men juda ko‘p g‘alabaga erishganman, biroq mag‘lubiyatlarim ham yetarlicha bo‘lgan. Biz doimo kelajakka qarashimiz kerak. "Real"ning hattoki eng yomon o‘yinchisi ham mendan ko‘proq sovringa ega va katta finallarda ham ko‘proq ishtirok etgan. Shu sababli bizning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarimizni ortiqcha baholash kerak emasdi.

Bu yil faoliyatimdagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin va uni bosh rollarda o‘tkazishni xohlayman. Men abadiy emasman va hech qachon bunday o‘ylamaganman. Men jamoa haqida o‘ylayman, "Yuventus" va Italiya terma jamoasi birgina futbolchiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Oldin men murabbiy bo‘lmasligim mumkinligini aytgandim, biroq Italiya terma jamoa murabbiyi bo‘lish kamroq stressli bo‘lishi mumkin. Faoliyatimni tugatganimda biroz dam olmoqchiman, chunki uzoq va og‘ir faoliyatni boshdan o‘tkazdim", – dedi Buffon. 

Mavzuga oid