Jahon | 09:45 / 11.06.2017
8745
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel "Tramp devori"ni tanqid qildi

Foto: Reuters

AQSh va Meksika o‘rtasida devor qurilishi immigratsiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilmaydi. Bu haqda Mexikoga tashrifi vaqtida Germaniya kansleri Angela Merkel aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda VVS.

Merkelning aytishicha, tarix migratsiya muammolarini davlat o‘z qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgandagina hal qilishga muvaffaq bo‘linganini ko‘rsatgan.

"Ayonki, avval odamlar o‘z ona yerlarini tashlab ketishlari sabablarini hal qilish kerak, bu esa devor qurilishi va izolyatsiya muammoni hal qilmasligini anglatadi", deb aytdi Merkel.

Merkel noqonuniy migratsiyani to‘xtatishning yechimi nochor hududlarda turmush tarzini yaxshilash hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi.

Merkel 2015 yildan boshlab yarim milliondan ko‘proq muhojirni qabul qilgani uchun Germaniyada tanqid qilib turiladi.

Mavzuga oid