Roberto Karlos doping qabul qilishda gumonlandi
Braziliya terma jamoasi va «Real»ning sobiq futbolchisi Roberto Karlos faoliyati davomida doping iste'mol qilganlikda gumonlandi.
Germaniyaning ARD telekanali jurnalisti Xayo Zeppelt tomonidan Braziliya futbolidagi doping haqida hujjatli film suratga olingandi.
Filmda Karlos 2002 yilda braziliyalik shifokor Julio Sezar Alvesning mijozi bo‘lgani, bu shifokor esa o‘z amaliyotida dopingdan keng miqyosda foydalangani ma'lum qilingan.
Sportshau xabariga ko‘ra, ARD jurnalisti qo‘lida Alvesning qing‘ir ishlarini tasdiqlovchi 200dan ortiq hujjat borligini bildirgan.
Bundan tashqari, filmda shifokor Roberto Karlos haqida ham gapirgan.
«U mening oldimga kelganida 15 yoshda edi. Aynan men uning oyoqlarini hozirgi ko‘rinishiga keltirib qo‘yganman» - degan Alves.
Mavzuga oid
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
22:06 / 26.07.2024
Dzyudochi Boltaboyevning raqibi doping tufayli Olimpiadadan chetlatildi
07:35 / 04.03.2023