Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baykalortidagi jiddiy YTHda qurbon bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi
Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida yuz bergan yirik YTH oqibatida jabrlangan ayol Petrozavodsk-Baykalorti kasalxonasining jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi. Shu tariqa, ushbu YTH sabab hayot bilan vidolashganlar soni 13 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti o‘lka sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan.
"Tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limida ayol kishi vafot etdi. Qurbonlar soni 13 kishiga yetdi", - deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
O‘lka sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus ichida bo‘lgan 51 yo‘lovchidan 37 nafari jarohat olgan, ikki shaxs shifoxonaga borishdan bosh tortdi. Avtobus haydovchisi og‘ir ahvolda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni kechqurun “Baykal” federal avtomobil yo‘lining 702-kilometrida ichida ziyoratchilar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Baykalorti sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus 51 kishini Chita shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025