Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Electric bosh direktori o‘z lavozimini tark etadi
Jyeff Immelt Amerikaning General Electric (GE) korporatsiyasi bosh direktori lavozimini tark etmoqda. Bu haqda kompaniya saytiga joylangan matbuot relizida ma'lum qilindi.
Uning o‘rnini shu kunga qadar GE Healthcare rahbari vazifasini bajargan Jon Flenneri egallaydi. Manbaga ko‘ra, u joriy yilning 1 avgust kuni kompaniya bosh direktori lavozimiga kirishadi.
Immelt 31 dekabrgacha GE direktorlar kengashining raisi bo‘lib qoladi, shundan so‘ng uni Flenneri boshqaradi.
General Electric - ko‘p turdagi, jumladan transport, energetika va tibbiyot sohasidagi texnikalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi keng tarmoqli korporatsiya.
Mavzuga oid
23:19 / 27.09.2023
O‘zbekiston Amerikaning General Electric kompaniyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi
13:34 / 20.06.2023
General Electric Rossiyada gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
09:44 / 24.10.2022
O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
19:13 / 04.05.2020