Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziri xizmat burchiga, qasamyodiga xiyonat qilayotgan ayrim xodimlarni tanqid qildi
IIV Madaniyat saroyida ichki ishlar xodimlarining xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Tadbirni olib borgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor A.Azizov ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlarga, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga qaramay, tizimning ba'zi vakillari tomonidan tamagirlik, poraxo‘rlik kabi qonun buzilish holatlari sodir etilayotganini qayd qildi. Buning sababi ayrim rahbarlar qo‘l ostidagi xodimlar bilan yetarli darajada tarbiyaviy ishlar olib bormayotganida ekanligini ta'kidladi.
Ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari zamonaviy avtomobillar, xizmat samaradorligini oshirish uchun barcha zarur boshqa vositalar bilan ta'minlanganini aytib, ayrim xodimlar yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rniga xizmat burchiga, qasamyodiga xiyonat qilayotganini tanqid qildi.
Shundan so‘ng shaxsiy tarkibga maxsus xizmatlar tomonidan Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olingan videotasvirlar namoyish etildi. Unda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga mas'ul bo‘lgan ayrim xodimlarning tamagirlik qilgani, pora evaziga qoidabuzarliklarga ko‘z yumayotgani tasvirlangan edi.
Qonunbuzarlik holatlari sodir etgan xodimlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi. Qolaversa, ularning rahbarlari ham jazosiz qolmasligi aytildi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025