Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq orasida hurmat qozongan sudyalarning hayot yo‘li o‘rganiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni mamlakatdagi sud organlarining adolatli faoliyatini ta'minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqida "Axborot" dasturida xabar berildi.
Yig‘ilishda sudyalarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu boradagi ishlarning samarasini oshirish maqsadida ixtisoslashgan o‘quv muassasasi - Odil sudlov akademiyasini tashkil etish haqida bildirilgan taklifi majlis qatnashchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbirda yana bir muhim taklif - xalq oldida obro‘-e'tibor qozongan sudyalarning hayot yo‘li, odil sudlovni amalga oshirishdagi ijobiy tajribani ommalashtirish uchun "Sudyalar klubi" va "Sud himoyasida" ruknlari ostida markaziy telekanallar va gazetalarda muntazam ravishda turkum ko‘rsatuv va maqolalar e'lon qilib borish haqidagi amaliy fikr ilgari surildi va yig‘ilish ahli tomonidan ma'qullandi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida bu boradagi ishlarni mahalla, korxona va tashkilotlarda, sayyor sud majlislarida ko‘rish ko‘lamini kengaytirish, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, jumladan elektron sud stanografiyasi, videokonferents aloqani keng joriy qilish sud qarorlarini ta'minlovchi idoralararo elektron ma'lumot almashish tizimini shakllantirish, odil sudlovni amalga oshirish jarayonining doimiy organi, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari ham muhokama qilindi va bu borada amaliy tavsiyalar berildi.
Prezident tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi bo‘lib qolishi darkorligini alohida ta'kidladi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025