Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh tizimidagi eng qadimiy sayyora nomi e'lon qilindi
Astronomlarning ma'lum qilishicha, Yupiter yadrosi Quyoshdan atigi million yil keyin shakllangan. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
Taxminan 4,6 milliard yil avval gaz va changli gigant bulutdan Quyosh tizimi hosil bo‘lgan. Eng birinchi Quyosh paydo bo‘lgan, undan keyin esa, nazariy hisob-kitoblarga ko‘ra - Yupiter. Biroq sayyoraning aniq yoshini belgilash qiyin.
Buning uchun olimlar dastlab meteoritlar yoshini ulardagi molibden va volfram izotoplarini tahliliga asosan aniqlab olishdi. Ma'lum bo‘lishicha, meteoritlar Quyosh tizimi paydo bo‘lganidan taxminan 2-3 million keyin ikki turli manbada hosil bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, haqiqatga eng yaqin izoh - taxminan 1 million yil ilgari paydo bo‘lgan kosmik chang diskining ikkiga ajralishi. Ikki manba birlashmasligi uchun Yupiter yadrosi massasi yer yadrosi massasidan 20 karra katta bo‘lishi kerak. Shunday ekan, bu vaqtga kelib Yupiter ancha katta hajmda bo‘lgan, deb hisoblashadi olimlar. Keyinchalik uning o‘sish sur'ati sekinlashdi va faqatgina bir necha million yil o‘tib, u Yerdan 50 barobarga kattalashdi. Hozirga kelib esa, u Yerdan 318 barobar katta.
Tadqiqot shuningdek, nima uchun Quyosh tizimida Yer hamda Uran va Neptun kabi "muz gigantlari"ning oraliq massasiga to‘g‘ri keladigan sayyoralar yo‘qligiga izoh beradi. Bunday "super-yerlar" boshqa yulduzlar tizimida tarqalgan. Biroq Yupiter qattiq zarrachalarning Quyosh tizimining bir qismidan boshqasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilgan.
Mavzuga oid
21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi
14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi
16:37 / 31.12.2024