Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo'qon Trade Centre – Qo‘qonda ochilgan ko‘ngilochar markaz tadbirkorlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda
Tadbirkorlik zamon bilan hamnafas bo‘lish, kerak bo‘lsa, kelajakni oldindan ko‘ra bilish, eng muhimi, o‘z vaqtida tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab etadi. Talab va makonning uyg‘unligi tadbirkor uchun omad cho‘qqisini zabt etishdek gap. Ammo bu omad doim ham kelavermaydi. Ammo Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘z faoliyatini boshlagan Qo'qon Trade Centre ko‘ngilochar markazi tadbirkorlarga omad cho‘qqisini egallashlariga turtki bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, Qo‘qon bugungi kunda Respublikada tadbirkorlik rivojlanayotgan shaharlardan biri desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shahar infratuzilmasi kundan-kun chiroy ochib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, shaharda tadbirkorlikni rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda, xorijlik hamkorlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda.
Qo'qon Trade Centre majmuasi shahar markazida joylashgan. Qulay shart-sharoiti va xizmat ko‘rsatish sifatining yuqori ekanligi sabab bu yer allaqachon qo‘qonliklar va shahar mehmonlarining nazariga tushgan.

Markazning birinchi qavatida Mediapark, Korzinka.uz supermarketi, “Xalq banki” shoxobachi va “Aty-Baty” do‘koni joylashgan. Ikkinchi qavatda esa turli do‘konlar o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bularga misol qilib, Red Tag, Basconi, Avva, Selfie, Ricco Sizzano va Terra pro do‘konlar tarmog‘ini misol qilish mumkin. Ular allaqachon o‘z mijozlariga ega va yangi mahsulotlar ustida buyurtmalar olishmoqda.

Markazning uchinchi qavatini ko‘ngilochar maskan deb atasa ham bo‘ladi. Chunki bu yerdagi turli restoran va kafelarga oilaviy tashrif buyuriladi, mazali va tansiq taomlardan bahramand bo‘linadi. Jajji kichkintoylar esa bolalar o‘yingohida maza qilib o‘ynashadi. 120 kishilik o‘ringa mo‘ljallangan kinoteatr esa sevimli filmni tomosha qilish imkoniyatini beradi. Markazda vay-fay zonasi tashkillashtirilgan bo‘lib, mutlaqo bepul va tezkor internet tarmog‘idan foydalanishga qo‘l keladi.

“Kelajakdagi rejalarimiz bisyor”, - deydi Qo'qon Trade Centre ko‘ngilochar markazi rahbari Temur Holiqov. – “Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, markazimiz faoliyatini kengaytirmoqchimiz. Kelajakda bu yerda turli aksiyalar, chegirmalar uyushtirishni, bouling, erkak va ayollar uchun maxsus spa-salonlar ochishni rejalashtirganmiz. Bizning maqsadimiz qo‘qonliklar va Qo‘qonga tashrif buyurgan mehmonlarimizga sifatli xizmat ko‘rsatishdir”.
Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda faoliyat yurituvchi har qanday tadbirkorlik sub'yekti bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Ushbu uyg‘unlik bir maqsad yo‘lida xizmat qiladi: tashrif buyuruvchi har bir insonga munosib xizmat ko‘rsatish. Shu sababdanmi, Qo'qon Trade Centre ko‘ngilochar markazi odamlar bilan doim gavjum, ular bu yerdan xarid qilayotgan har bir mahsulotlaridan mamnun.

Markaz rahbarining ta'kidlashicha, yaqin kunlar ichida markazda fransuz qandolat mahsulotlari tayyorlash ana'nalariga ixtisoslashgan shoxobcha ishga tushiriladi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Zamonaviy usulda qad ko‘targan Qo'qon Trade Centre ko‘ngilochar markazida o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni boshlashning ayni vaqti. Chunki bu yerdagi do‘konlarning ijara narxi u qadar qimmat emas, aksincha, bu tanlov biznesingiz uchun o‘ta samarali bo‘ladi. Salqin, yorug‘ va shinam maydonchalar, do‘konlar, savdo rastalari va ko‘ngilochar joylar tadbirkorlik faoliyatingizga har tomonlama ravnaq bag‘ishlaydi. Harakat qilish fursati yetdi. Buning uchun quyidagi raqamlarga aloqaga chiqish kifoya qiladi:

Murojaat uchun telefon raqami: +998 99 819-19-19
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:00 / 12.01.2021
Faqatgina bir kun: Mediapark onlayn do‘konida realme 7i flagmanini chegirmali narxlarda xarid qiling!
11:00 / 26.08.2020
Bu yil har doimgidek bo‘lmadi…
15:36 / 05.06.2020
Toshkentda aholi orasida yangi bemorlar qayd etilishi davom etmoqda. «Mediapark» qo‘riqchisida koronavirus aniqlangan
09:58 / 26.01.2018