Sport | 19:52 / 13.06.2017
7745
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Yaponiya Iroqni yengolmadi, Tailand BAAdan ochko oldi

Osiyo qit'asida JCh-2018 saralash o‘yinlari davom etmoqda.

B guruhida Tailand terma jamoasi BAAni qabul qildi va so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Yaponiya esa Iroqqa qarshi safar o‘yinida g‘alabadan quruq qoldi - 1:1.

Guruhning yana ikki terma jamoasi Saudiya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tgan haftada o‘tkazilgan, unda avstraliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Endilikda guruhda Yaponiya 17 ochko bilan birinchi, Saudiya Arabistoni va Avstraliya 16tadan ochko olgan holda ikkinchi va uchinchi bo‘lib turishibdi. Keyingi o‘rinlarni BAA (10), Iroq (5) va Tailand (2) terma jamoalari band etishgan.

JCh-2018 saralashi
OFK. B guruhi, 8-tur
13 iyun

Tailand – BAA – 1:1 (0:0)
Gollar: Tossakrai (70) – Ali Mabxut (90+3)

Iroq – Yaponiya – 1:1 (0:1)
Gollar: Komil (73) – Osako (8)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid