Jamiyat | 16:35 / 14.06.2017
6074
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «Qoradori-2017» tadbirlari qanday o‘tmoqda?

Foto: Buxoro viloyati IIB

Hozirgi kunda “Qoradori-2017” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi davom etayotganligi munosabati bilan Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida G‘ijduvon tumani Bo‘ktaroy QFYda yashovchi fuqaro M.Bekbayevning yashash uyidagi tomorqa yeri ikki nafar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Bu jarayonda hovlining 10x10 kv.metr yer maydonida jami 340 tub bo‘lgan tarkibida giyoxvand moddasi mavjud bo‘lgan “ko‘knor” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, keng qamrovli tadbirlar davomida Romitan tumani Qaxramon QFY Quyi Qaxramon  qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Boqiyev yashash uyi hovlisi 3x4 kv.metr yer maydonida jami 6 tub taxminan kannabis (kanop) o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi, bundan tashqari fuqaro N. Boqiyevning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, fuqaro uch dona “spichki” yozuvli gugurt qutisiga joylangan jami og‘irligi   10.57-gramm bo‘lgan “marixuanna” narkotik moddasini konunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid