Fan-texnika | 19:05 / 14.06.2017
8852
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik uchuvchi La-Manshni uchar mashinada kesib o‘tdi 

Fransiyalik uchuvchi Bruno Vetstsoli La-Mansh bo‘g‘ozini paraplan va yengil har qanday yerda yuruvchi transport vositasi – baggi gibridiga o‘xshash bo‘lgan uchar mashinada kesib o‘tdi.

Reyter agentligining xabar berishicha, “Pegas” nomli qurilma Fransiyaning Kale port shahri yaqinidagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan tezlikni olgan bo‘lib, start nuqtasidan 59 kilometr masofada, Britaniyaning Duvri yaqinida suvga qo‘ngan.

“Pegas”ni ishbilarmon Jyerov Dofi yaratgan. U aviatsiya sohasidagi kashfiyotchilar – braziliyalik Alberto Santos-Dyumon va fransuz Lui Blerioning ishlaridan ilhomlangan. 1909 yilda Blerio La-Manshni kesib o‘tgan ilk uchuvchiga aylangandi.

Dofi dunyo atrofini 80 kun mobaynida aylanib chiqishi mumkin bo‘lgan uchar mashinani loyihalashtirishni rejalashtirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid