O‘zbekiston | 23:26 / 14.06.2017
10285
2 daqiqa o‘qiladi

Neft va gaz tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari sotilmoqda

Bugungi kunda neft va gaz tizimida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi xodimlari ma'lum qilishdi. 

Tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiriga ko‘ra, unda sohadagi aksiyalarni sotish, xususiy mulkni tizimga jalb etish ishlari olib borilayotgani ta'kidlangan. 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, 70 ta tashkilotdan 30 tasi chet el investorlariga, 40 tasi esa mahalliy sarmoyachilarga sotilishi kerak. Bunda ularning O‘zbekistonga qanday foyda keltirishiga ahamiyat qaratiladi. Shu 40 tashkilotdan 28 tasi bugunga qadar sotib bo‘lingan, qolganlari esa yil oxirigacha sotilishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, neft va gaz sohasida ijtimoiy tizimga katta e'tibor qaratilgani ta'kidlandi. Sohada ishlovchi xodimlar hamda ularning oila a'zolariga katta sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Viloyatlarda 15 dan ortiq oromgohlar bo‘lib, ularda soha xodimlarining farzandlari yozga ta'tillarini o‘tkazishi ta'kidlandi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid