Sport | 21:17 / 14.06.2017
5027
1 daqiqa o‘qiladi

Torres 12 mln yevrolik maoshni rad etib, «Atletiko»ni tanladi

«Atletiko» hujumchisi Fernando Torres yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi.

As nashrida xabar qilinishicha, Diyego Simeone uning qolishini istagan.

Bundan oldinroq unga Meksikadagi ikki jamoa – «Keretaro» va «Krus Asul» tomonidan jiddiy qiziqish mavjudligi, «Keretaro» futbolchiga yiliga 12 million yevrodan iborat maosh taklif qilgani haqida xabarlar berilgan.

Ammo Torres FIFA taqiqi tufayli qiyin ahvolda qolgan «Atletiko» bilan bo‘lish variantini tanlagan.

Yakunlangan mavsumda Torres Ispaniya chempionatining 31 uchrashuvida maydonga tushgan va 8 gol urib, 6 golga uzatma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid