Jahon | 18:16 / 15.06.2017
5713
1 daqiqa o‘qiladi
Yevroparlament Marin Le Penni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi
Yevroparlament Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi.
Bunday qaror YeP saytida e'lon qilindi.
Le Figaro’ning ta'kidlashicha, qaror Fransiya huquq-tartibot idoralari murojaatiga ko‘ra qabul qilingan.
Parij prokuraturasi Le Penga nisbatan surishtiruv o‘tkazmoqda. Uning xodimlari YePga soxta yordamchilar sifatida ishga joylashganlikda gumonlanmoqda.
Avvalroq YePning yuridik masalalar bo‘yicha qo‘mitasi Fransiya prezidentligiga sobiq nomzodni immunitetdan mahrum qilishni tavsiya qildi.
14 iyun kuni esa Yevroparlament “Milliy front” partiyasi asoschisi Jan-Mari Le Penni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilgandi.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
09:10 / 05.11.2024
Yevroparlament Mayya Sanduning RF ustidan g‘alabasi haqida ma’lum qildi
20:45 / 30.09.2024
Fransiyada Marin Le Pen ustidan sud boshlandi
19:17 / 18.07.2024