Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolari qay darajada qo‘llab-quvvatlanmoqda?
Keksalarga ehtirom ko‘rsatish qon-qonimizga singib ketgan oliyjanob fazilatlardandir. Shu o‘rinda umr yo‘li barchamiz uchun haqiqiy ibrat maktabi bo‘ladigan ilm-fan fidoyilariga e'tibor va g‘amxo‘rlikning yanada oshayotganini alohida ta'kidlash joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ayni maqsadga qaratilgani bilan diqqatga sazovor.
Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolari yashash joyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra sog‘lomlashtirishning tavsiya etilgan yo‘nalishini ko‘rsatgan holda sanatoriy-kurort kartasi ochilishi va kurort-sog‘lomlashtirish hamda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar ajratish uchun ularning ro‘yxatlari bir oy muddatda shakllantirilishini ta'minlaydi.
Shuningdek, 2017 yilda yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolariga yo‘llanmalar berilishini ta'minlash vazifasi ham belgilangan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025