Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy qora tuynuklarni o‘rganish maqsadida koinotga teleskop uchirdi
Xitoy qattiq rentgen nurlari sharoitlarida ishlay oladigan maxsus teleskop yaratdi. Teleskop pulsar va qora tuynuklarni o‘rganishda qo‘llanadi.
Teleskop "Chanchjen-4B" raketasi tomondan fazoga olib chiqildi. Raketa Gansu viloyatidagi Tszyutsyuan kosmodromidan uchirilgan.
Teleskopning og‘irligi 2,5 tonnani tashkil qiladi va ayni vaqtda 55 km balandlikda qolmoqda.
Xitoylik olimlar teleskop eng yaxshi uskunalar bilan jihozlangani va boshqa davlatlar sun'iy yo‘ldoshlariga nisbatan, kattaroq aniqlash va kuzatish hududiga egaligini aytishgan. Mutaxassislar teleskop yordamida qora tuynuklar rivojlanishi qanday yuz berishini hamda neytron yulduzlardagi magnit maydonlarni o‘rganishmoqchi.
Teleskop bajarishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar sifatida magnit maydon rivojlanishi jarayoni, gravitatsion to‘lqinlar tabiati va neytron yulduzlarning koinot navigatsiyasida qo‘llanishini o‘rganish aytilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025