Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar sarmoyadorlari Dubaydagi binolarini ommaviy ravishda sota boshladi
BAAning Dubaydagi ko‘chmas mulk agentlari shahar amirlikda Qatar fuqarolariga tegishli binolarning ommaviy ravishda sotilayotganini qayd etishdi. Ular kelasi hafta 19 iyungacha BAAni tark etishlari kerak, deb yozmoqda National jurnali.
Agentlarga ko‘ra, BAAda biznes yurituvchi qatarliklar tijorat va turarjoy binolari, yer uchastkalari va butun boshli binolarni ham birdek sotmoqda. Bunda, shoshilinch bo‘lgani sababli mazkur inshootlarga chegirmalar tannarxining 20 foizgacha etib belgilangan.
5 iyun kuni BAA Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganidan keyin, mamlakatdagi qatarliklarga BAAni tark etishlari uchun 14 kun muhlat bergan edi.
Dubay yer departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yili qatarliklar Dubay ko‘chmas mulk bozoriga 2,8 milliard dirxam (76 million dollar) sarmoya kiritgan. Bu 2015 yilgi umumiy ko‘chmas mulk oldi-sotdisining 2 foizidir. 2016 yilda birmuncha past bo‘lgan. Rasmiy manbalarga ko‘ra, o‘tgan yili qatarliklarning Kuvayt bilan birga Dubay ko‘chmas mulkiga kiritgan sarmoyasi 2 milliard dirxam (54 million dollarga yaqin)ni tashkil etgan.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
09:18 / 19.05.2025