Jahon | 13:45 / 15.06.2017
11739
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘ulistonda eng yirik kashmiri fabrikasi yonib ketdi

Mo‘g‘ulistonda kashmiri (yung gazlama) ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya «Gobi» fabrikasida yong‘in yuz berdi. Yong‘in 14 iyun kuni boshlangan va 10 soatdan ortiq davom etgan. Bu haqda Regnum.ru xabar berdi.

Yong‘in mamlakatda so‘nggi yigirma yil ichida yuz bergan eng yirigi, deb ataldi. Mamlakat tezkor xizmatlari matbuot markazi xabariga ko‘ra, taxminan 30 ming kvadrat metr joy yonib ketgan. O‘t o‘chirish ishlarida 150 nafar yong‘in xizmati xodimi, 30 dan ortiq yong‘in mashinalari va 50 dan ortiq politsiya xodimlari o‘n soat davomida ishtirok etgan.

Fabrika binosida bo‘lgan barcha kishilar xavfsiz joyga ko‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q. 

«Gobi» aksiyadorlik kompaniyasi Mo‘g‘ulistonning eng mashhur korxonasi bo‘lib, mamlakat uchun valyutaning asosiy manbasi hisoblanadi.

 

Mavzuga oid