Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Nukusda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqishga mo‘ljallangan Nukuselectroapparat MChJ ishga tushmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyunda "Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy energosamarali uskunalarni ishlab chiqarish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning keyingi lokalizatsiyasiga doir ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida qabul qilingan.
Korxonaning ustav kapitali 8 million dollarni tashkil qiladi.
Tanotrade AG kompaniyasi (Shveytsariya)ning ulushi - 80 foiz, Toshelectroapparat MChJ ulushi esa - 20 foiz.
O‘zbekiston Prezidenti Nukuselectroapparat MChJga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
19:40 / 14.03.2025