Sport | 10:00 / 16.06.2017
7704
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. «Lokomotiv» birinchi o‘rinni mustahkamladi, «Nasaf» yuqoriladi, «Paxtakor» yana yutqazdi

Foto: «Lokomotiv»

15 iyun kuni Oliy liga 13-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin o‘tkazildi.

«Lokomotiv» safarda «Buxoro» ustidan irodali g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi (29 ochko). «Paxtakor» Olmaliqda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, 13 turdan keyin 18 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda qoldi. 

Qashqadaryo derbisini G‘uzorda o‘tkazgan Qarshining «Nasaf» klubi 2:1 hisobida zafar quchdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (23 ochko).

13-tur bugun bo‘lib o‘tadigan «Bunyodkor» — «Qo‘qon-1912» o‘yini bilan yakuniga yetadi.

Oliy liga. Abramov «Neftchi»dagi debyut o‘yinida yutqazdi va boshqa natijalar

O‘zbekiston Oliy ligasi
13-tur bellashuvlari

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:2
Gollar: Taran (57) – Abduraximov (47), Narzullayev (63)
“Sho‘rtan”: 1.Eldor Tojiboyev, 4.Jamol Otaqulov, 9.Igor Taran (s), 11.Zafar Polvonov, 12.Laziz Ubaydullayev, 14.Umarbek Eshmurodov, 14.Obid Jo‘raboyev, 18.Eldor Boymatov, 19.Ma'rufxon Murodov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 77.Otabek Narzullayev.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov, 10.Dilshod Rahmatullayev, 15.Shaxboz Erkinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Inor Golban, 23.Sherzod A'zamov (s), 27.Islom Rashidxonov, 34.Farruh Sayfiyev, 38.Doniyor Narzullayev.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:0
Gollar: Berdimurodov (60), Yyelich (72)
"Olmaliq": Xurshid Xo‘jayev, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Mullajonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Islom Inomov (s), Igor Yyelich, Dilshod Jo‘rayev, Xurshidbek Muxtorov, Abduqahhor Hojiakbarov, Shoxnazar Norbekov, Kamoliddin Murzoyev
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Vladimir Kozak, Kamoliddin Tojiyev (s), Davron Hoshimov, Akbar Ismatullayev, Sherzod Karimov, Suhrob Nurullayev, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev, Jasurbek Hakimov

«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:2
Gollar: Filiposyan (73) – Maxaradze (78), Qutibayev (89)
"Buxoro": Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Ivor Veytser, Bahriddin Vahobov, San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Shoxrux Gadoyev, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Volodimir Bayenko, Ivan Nagayev
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze, Murodbek Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev, Jaloliddin Masharipov

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid