Jahon | 00:04 / 16.06.2017
2850
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Qatar bo‘yicha Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar o‘tkazadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu 16 iyunda Saudiya Arabistoniga Qatar va mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgani jo‘naydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Avvalroq joriy haftada Chovusho‘g‘lu  Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurib, ixtilofni hal qilish uchun muzokaralar o‘tkazgandi.

Uning aytishicha, Turkiya shu vaqt ichida ixtilofning biror tomoniga yon bosmagan holda bosiq siyosatni olib borgan va uni hal qilish uchun yangi choralar ko‘radi.

Chovusho‘g‘lu inqirozni hal qilishda Saudiya Arabistonining yetakchilik qilishini kutayotganini ta'kidlab o‘tdi. U sanksiya va embargolar ixtilofni hal qilishga yordam bermasligini qo‘shimcha qildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid