Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasida “tutqunlikda” yashayotganiga 5 yil to‘ldi
Dushanba kuni Wikileaks asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasida, ekstraditsiya va hibsga olishlaridan qochib, siyosiy boshpana topganiga besh yil to‘ldi.
2010 yilning yozida Shvetsiyada Assanjga nisbatan tergov harakatlari boshlandi. Ikki ayol uni Stokholm shahrida jinsiy tajovuzkorlikni amalga oshirganlikda aybladi. Keyinchalik mamlakat huquq-tartibot idoralari uni hisbga olish uchun order berdi.
2012 yilda Wikileaks asoschisi Ekvador hukumatiga siyosiy boshpana taqdim etilishini so‘rab murojaat qildi. U Shvetsiya hukumati Wikileaks tufayli o‘zini AQShga ekstraditsiya qilishidan xavotirda bo‘lgan. Ekvadorning Londondagi elchixonasi 19 iyun kuni unga noma'lum muddatga o‘z binosida boshpana taqdim etdi.
Joriy yilning 19 may kuni Shvetsiya prokuraturasi Assanj ishi bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Biroq London politsiyasi, agarda u elchixona binosini tark etadigan bo‘lsa, hibsga olinishini ma'lum qildi. Bunga sabab – mojaroli sayt asoschisi 2012 yilning 29 iyun kuni sudga borishdan bosh tortgani tufayli Vestminster sudi tomonidan taqdim etilgan orderning hamon kuchda ekanidadir.
Assanj elchixonada o‘tkazgan besh yil davomida biron marotaba ham ko‘chaga chiqmadi, biroq bino boloxonasidan bir necha marta chiqish qildi. U bu muddat davomida ishlashdan to‘xtamadi, tashkilotning yangi materiallarini e'lon qilib bordi hamda o‘z tarafdorlari bilan muloqot o‘tkazdi.
Assanj Wikileaks ishi bo‘yicha turli huquq-tartibot idoralari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga binodan chiqmay turib guvohlik bermoqda.
Siyosiy qochqin himoyachilari hamda tarafdorlari uning sog‘ligidan tashvishda, sababi toza havo, sayr va quyosh nurining yetishmovchiligi bor.
WikiLeaks’ning aniqlashicha, Assanjni kuzatish Buyuk Britaniya byudjyetiga qariyb 19 mln. funt sterlingga tushgan.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025