Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIDe prezidenti o‘zbekistonlik 7 yoshli shaxmatchi qiz bilan durang o‘ynadi (foto)
FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov 16 iyun kuni Toshkentga tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kirsan Ilyumjinov Toshkentga shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari Hududiy chempionatining ochilishi kuni keldi. FIDe prezidenti shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabiga bordi hamda u yerda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Jahon chempionatining kumush medali sohibasi 7 yoshli Odina Olimova bilan do‘stona partiya o‘tkazdi. Partiya durang bilan yakunlandi.

Shuningdek, FIDe rahbari Turkmaniston shaxmat federatsiyasi prezidenti, xalqaro grossmeyster Orazli Annageldiyev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Husan Turdialiyev va vitse-prezident Bahodir Umurzoqov bilan shaxmat Akademiyasi tarbiyalanuvchilariga katta shaxmatlarda durang taklif qildi.


Kirsan Ilyumjinov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Iskandar Jo‘rayev tomonidan ramziy yurishlar qilinib, shaxmat bo‘yicha Hududiy chempionat ochib berildi.

Tadbir davomida FIDe prezidenti esdalik medali bilan taqdirlandi, keyin esa FIDe rahbari qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025