Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz omborlari quvvati oshiriladi
O‘zbekistonda gaz omborlari quvvati bir necha barobarga oshiriladi. Xalqaro Press-klub yig‘ilishida "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi vakillarining ma'lum qilishicha, bugungi kunda mutaxassislar oldiga Gazli va Hojiobod gaz omborlarining quvvatini oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Omborlar quvvatining oshirilishi kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz gaz yetkazib berish hamda aholini gaz bilan ta'minlash tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Gazli omborining bugungi kundagi gaz ishlab chiqarish quvvati 3 milliard kubometrga teng. Xolding xorijiy hamkorlari bilan birgalikda ombor quvvatini 10 milliard kubometr gazgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, mustaqillik yillarida Farg‘ona viloyatida qurilgan Hojiobod gaz ombori quvvati ham oshiriladi.
O‘zbekiston aholiga gaz yetkazib berish kompleksini takomillashtirmoqda. Bugunga qadar 68,6 kilometr gaz quvurlari kapital ta'mirlandi, 171,9 kilometri esa qayta ta'mirlandi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025