Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada natsistlar buyumlari bo‘lgan yirik maxfiy ombor topildi
Argentina poytaxti Buenos-Ayresga yaqin yerda politsiya natsistlar timsollari bo‘lgan yirik maxfiy omborni aniqlashdi. U Janubiy Amerika davlatida topilgan eng yirigi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Gap natsistlar bilan bog‘liq bo‘lgan taxminan 75 ta buyum haqida bormoqda. Argentina hukumati taxminicha, ular Uchinchi reyxning yuqori lavozimli amaldorlariga tegishli bo‘lgan. Topilgan narsalar orasida – fyurer Adolf Hitlerning byusti bor.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, topilgan buyumlar asldir. Bu haqda Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich ta'kidlab o‘tdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Uchinchi reyxning ko‘zga ko‘ringan vakillari Lotin Amerikasi qirg‘oqlariga yetib borib, jinoiy ta'qibdan qochishga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan, gap qirg‘in (xolokost) mafkurasi rahnamosi Adolf Eyxman, shtandartenfyurer Valter Rauff, Osventsimda mahbuslar ustidan tajribalar o‘tkazgan doktor Yozef Mengel haqida bormoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025