Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chinoz paxta tozalash” AJdan qariyb 10 mln so‘mlik jihozlarni o‘margan shaxslar ushlandi
Chinozlik Majid Keldiyev (ismlari o‘zgartirilgan) jamiyat uchun foydali mehnat qilib kun ko‘rish o‘rniga, o‘zgalar hisobiga kun ko‘rishni o‘ziga kasb qilib oldi. Xalqimizda “Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r”, degan naql aynan Majid Keldiyev kabilarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa ajab emas. Bu “olg‘ir” ilgari ham bir necha marotaba o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun ayblanib, sudlangan bo‘lishiga qaramay, o‘ziga tegishli xulosa chiqarish o‘rniga yana nafsi yo‘rig‘iga yurdi. Boz ustiga, o‘zi ishlab turgan ishoxonasiga Boboyor Olimovni ham o‘g‘irlik qilishga undadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.
Joriy yilning 4 may kunidan 5 may kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 01-30 larda ikki jinoiy sheriklar Chinoz shahri Xo‘ja mahallasida joylashgan “Chinoz paxta tozalash” Aktsionerlik jamiyati binosiga orqa tomondan devor oshib g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bino ichidan jami 9 315 000 so‘mlik elektr jihozlarini yashirish ravishda egallab, jinoyat joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu elektr jihozlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirgi kunda Majid Keldiyev va Boboyor Olimovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025