FIFA tarixida ilk bor futbolchi imkoniyati cheklangan bola bilan uchrashuvga chiqdi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichida Rossiyaga qarshi uchrashuvga salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan qiz – 10 yoshli Polina Xayeredinova bilan maydonga chiqdi. Shu tariqa FIFA tarixida ilk bor futbolchi imkoniyati cheklangan bola bilan uchrashuvga chiqdi.
Musobaqa homiysi McDonald's kompaniyasi tufayli ro‘yobga chiqqan bu voqea dunyo futboli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham ochiqligini ko‘rsatdi. Bunday bolalar xalqaro miqyosdagi sport musobaqalariga jalb qilinganliklarini his qilishlari mumkin bo‘ldi. Musobaqa o‘tadigan shaharlardan har birida uchrashuv oldidan biror terma jamoa sardori imkoniyati cheklangan bola hamrohligida maydonga chiqadi. Musobaqa Moskva, Sankt- Peterburg, Qozon va Sochida bo‘lib o‘tmoqda.
Portugaliya va Rossiya o‘rtasidagi uchrashuv Moskvadagi "Spartak" stadionida bo‘lib o‘tdi va portugaliyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 8-daqiqada Krishtianu Ronaldu kiritdi.
Musobaqada McDonald's’ning bolalar dasturida Moskva, Sankt- Peterburg, Qozon va Sochidan hammasi bo‘lib 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 350 dan ko‘proq yosh futbol muxlisi ishtirok etmoqda. Ulardan yarmi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta'minlangan ko‘p farzandli oilalar farzandlaridir. Dasturning qolgan ishtirokchilari esa maxsus ijodiy tanlov natijalariga ko‘ra aniqlanganlar.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024