Light | 10:29 / 22.06.2017
22536
2 daqiqa o‘qiladi

Mutaxassislar qahva iste'mol qilish uchun eng yaxshi vaqtni aniqlashdi

Avstraliyalik parhezshunos Lindi Koen qahvani qachon va qanday miqdorda iste'mol qilish haqida gapirib berdi. Bunda ushbu ichimlikning inson organizmiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi juda muhim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qahvani ertalab iste'mol qilish kun davomida tetik holatda yurmoqchi bo‘lgan kishilarga foyda bermaydi: kortizol darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qahva ham shuncha kamroq tetiklashtiradi.

Parhezshunosning ma'lum qilishicha, qahvani iste'mol qilish uchun eng yaxshi vaqt kunduzgi soat o‘ndan o‘n ikkigachadir, bunda kortizol darajasi bir qadar kamayadi.

Koenning fikricha, qahvani kun davomida so‘nggi bor tushlik davomida ichish mumkin, yana ham yaxshiroq vaqt - 14:00, kunning ikkinchi yarmida esa bu tetiklashtiruvchi ichimlikni choyga almashtirgan ma'qul.

"Har bir inson qahvaga turlicha qaram. Uni uyquga olti soat qolganida iste'mol qilishni tavsiya etmayman, shunda yaxshi uyqu ta'minlanadi", - deydi parhezshunos Lindi Koen.

Uning tavsiya qilishicha, bir kunda 400 mg.dan ortiq kofein iste'mol qilish kerak emas. Bu ikki stakan degani.

Mavzuga oid