BAA malikalari belgiyalik xizmatkorlarni kamsitishda aybdor deb tan olindi

Belgiya sudi amirlik malikasi Hamda An-Nahayyan va uning 7 nafar qizini xizmatkorlarni noqonuniy ko‘chirishda va ularni kamsitishda aybdor deya tan oldi. Associated Press shu haqida xabar berdi.
Ularning bari - sakkiz kishi 15 oylik shartli qamoq jazosi va 165 ming yevrolik jarimaga hukm qilindi. Shuningdek mazkur ish bo‘yicha bosh xizmatkor ham tergov qilingan, biroq u oqlangan.
2008 yilning iyulida politsiya An-Nahayyan sakkiz oy davomida ijaraga olgan Bryusseldagi mehmonxonaning to‘rtinchi qavatini to‘liq tintuv qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, 20 nafarcha xizmatkor 24 soat davomida malikalar uchun xizmat qilgan, ba'zilari polda uxlashiga to‘g‘ri kelgan.
Sudda malikalar kelishmadi, ularning manfaatlarini huquqshunoslar himoya qilishdi.
Mavzuga oid

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025