Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp: «Meksika - o‘lim tarqatadigan mamlakat»
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada quriladigan devor haqida navbatdagi munosabatlarini bildirdi. Uning fikricha, hech kim devor qurilishiga qarshilik qila olmaydi.
«Meksika Suriya bilan birga dunyoga eng ko‘p o‘lim tarqatadigan davlat hisoblanadi. Asosiy sabab u yerdagi narkotiklar. Biz bu devorni quramiz»,- deb yozadi Tramp o‘zining tvitterdagi sahifasida.
AQSh xalqi bu devor fuqarolar to‘laydigan soliqlardan qurilishini qattiq qoralab chiqqan edi. Ularning fikricha, soliqlar aholining o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilishi kerak. Tramp esa devor Meksika hukumati hisobidan qurilishini aytgan edi. Biroq bu va'dasini bajargani yo‘q. AQSh qo‘shnisi Meksikadan muhojirlar oqimi va narkotik kirib kelishidan zarar ko‘rayotganini ta'kidlaydi. Meksikadan AQShga juda katta miqdordagi narkotiklar turli xil yo‘llar, xususan, yer ostidan ham olib o‘tiladi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025