O‘zbekiston | 18:51 / 23.06.2017
8572
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘aniga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

«Muhtaram Prezident Janobi Oliylari, Afg‘onistondagi Hilmand viloyatining Lashkargoh shahridagi portlash oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini keskin qoralaydi hamda bu tahdidga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligini yana bir bor ta'kidlaydi.

Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun afg‘on xalqiga chuqur ta'ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz», - deyilgan davlat rahbari xabarida.

Mavzuga oid