Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya: talaba Otto Vombiyer qiynoqqa solinmagan
Shimoliy Koreya amerikalik talaba Otto Vombiyer qiynoqqa solinganini rad etmoqda. U ushbu davlatdagi qamoqxonada bir yildan ko‘proq vaqt davomida qolgan. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar qildi. Bu Pxenyanning talaba o‘limiga bildirgan ilk rasmiy izohi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli amerikalik talaba Otto Vombiyer shu hafta AQShdagi klinikada, komadan chiqmay turib vafot etdi. U Shimoliy Koreya qamoqxonasida bir yil o‘tirdi va o‘limidan bir hafta avval ozod etildi. Qo‘shma Shtatlardagi shifokorlar talabaning bosh miyasida juda og‘ir buzilishlarni aniqladi.
Talaba o‘tgan yili Shimoliy Koreyada qo‘lga olingandi. U mehmonxona devoridagi tashviqot plakatini yulib olgan hamda uyiga esdalik tariqasida olib ketmoqchi bo‘lgan. U buning uchun 15 yillik surgunga hukm qilindi.
Talabani muddatdan avval erkinlikka chiqarish uchun intilgan AQSh davlat departamenti Ottoning o‘limida Shimoliy Koreyani aybladi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025