Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada minglab musulmonlar Hayit namozini ado etishdi (Foto)
Moskva masjidida minglab musulmonlar Hayit namozini ado etishdi. Bu yerda Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin musulmonlarni muborak bayram bilan qutladi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
"Biz ro‘za amallarini bajardik... Ushbu muborak Ramazon vaqtida har bir mo‘min nafaqat taom va suv iste'molidan, balki yolg‘onchilik, haqorat, qo‘pollik, aldov, fitna, qon to‘kish va qotillik kabi illatlardan tiyilishga harakat qiladi. Afsuski, dunyoda hatto ushbu muqaddas oyda ham o‘zini yomonliklardan saqlay olmaydiganlar ham talaygina", - dedi Gaynutdin.
Shuningdek u yig‘ilganlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RF hukumati raisi Dmitriy Medvedev, Moskva meri Sergey Sobyaninlarning Hayit tabriklarini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng musulmonlar bayram namozini ado etishdi.
Ta'kidlash joizki, Rossiya poytaxtining qolgan qator masjdilarida ham Hayit namozlari ado etilgan.











Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025