Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi

Foto: RIA "Novosti"
RF prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi. Bu haqida rahbariyat matbuot xizmatlari xabar berdi.
"Ramazon hayiti - islom izdoshlari asrlar davomida nishonlab keladigan eng asosiy diniy bayramlardan biri. U Muqaddas Ramazon oyini yakunlab, chuqur axloqiy ahamiyat kasb etadi, u o‘zida yangilanish quvonchi, mukammallikka intilish, ezgulik qilish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish kabilarni ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Shuningdek Putin mamlakatdagi diniy tashkilotlarning faoliyati samimiy hurmatga loyiq ekanini ta'kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham musulmonlarni ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi.
"Muqaddas Ramazon oyida AQSh musulmonlari ham ezgu va xayrli ishlarda butun dunyo musulmonlariga qo‘shilib qolishadi", - deyiladi Oq uy murojaatida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Iyd-Al-Fitr "rahmat, mehr-shafqat va ezgulikning naqadar muhimligini yodga soladi".
"AQSh butun dunyo musulmonlari bilan bir qatorda bu qadriyatlarga sodiqligini ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Bundan tashqari, AQSh bosh kotibi Reks Tillerson ham musulmonlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan muborakbod etdi.
Mavzuga oid

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

00:47 / 18.04.2025
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025