Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada uch yangi aeroport quriladi
Turkiya hukumati mamlakat aeroportlari tarmog‘ini kengaytirmoqchi. Bu haqida transport, kemasozlik va aloqa ishlari vaziri Ahmad Arslonning so‘zlariga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil davomida Karaman, Yozgat, Boyburt-Gyumyushxonda yangi aeroportlarni qurishga doir tenderlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
"Mazkur loyiharning ketidan mamlakatning yana to‘rt provinsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaxabarlashuv yo‘lga qo‘yiladi. Shu bois 2017 yilni Turkiya aeroportlari yili, deb dadil aytish mumkin", - dedi vazir.
Vazirlik rahbarining ta'kidlashicha, transport tuzilmasi - har qanday kuchli, farovon mamlakatning iqtisodiyotidagi ko‘plab sohalarga sezilarli hissa qo‘shuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 14 yilda Turkiyada faol foydalaniladigan aeroportlar soni ikki barobardan ko‘proqqa (26 tadan 55 tagacha) oshgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025