Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 ming so‘m evaziga o‘z o‘yida fohishaxona tashkil etgan fuqaro aniqlandi
21 iyun kuni soat 17:20 larda o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Nukus shahrida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan fuqaro Otarbay Maxambetov (ismi shariflari o‘zgartirilgan) Nukus shahri xududida joylashgan o‘z uyida fohishaxona tashkil etib, 20.000 so‘m evaziga, fuqarolar «X» va «A»larining jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun, sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda «Kruz.uz» xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.Maxambetovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
19:40 / 14.03.2025