Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
Foto: AP
BAA prezidenti, Abu-Dabi amiri Halifa bin Zoid Ol Nahayon 2014 yilda boshidan kechirgan insultdan keyin 25 iyunda ilk marta omma oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, BAA rahbari 2014 yil 24 yanvarda insultdan keyin shifoxonaga yotqazilib, operatsiya qilingandi.
BAA Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Halifa bin Zoid Ol Nahayon Dubay amiri va BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maqtum hamda Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan amirliklar yetakchilari va oliy kengash a'zolarini Abu-Dabidagi Al-Batin saroyida Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan qutlagan. Amirlar va kengash a'zolari prezidentga mustahkam sog‘liq, BAA xalqi uchun tinchlik-farovonlik tilab qolishgan. Prezident shuningdek valiahd shahzodalar va amirlar o‘rinbosarlaridan ham tabrik olgan.
Shayh Halifa bin Zoid Ol Nahayon 1948 yil 25 yanvarda tug‘ilgan. U otasi Zoid bin Sulton Ol Nahayon vafotidan keyin 2004 yilda BAAning ikkinchi prezidenti bo‘lgan.
BAA federativ davlat bo‘lib, 7 ta amirlik: Abu-Dabi, Ajman, Dubay, Ras-al-Hayma, Umm-al- Kayvayn, Al-Fujayra va Sharjadan tashkil topgan. Ularning har biri mutlaq monarxiya hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025