Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda mashina olib berishni va'da qilib, 3 ming dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi
2016 yil 27 noyabr kuni, Ergashev Jonibek Elbotirovich va Maxkamov Farrux Maxmadjonovichlar, Chilonzor tumani hududida fuqaro Ikromov Ravshan Sattarovichning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga auksion orqali «Neksiya-2» rusumli avtomashina olib berishni va'da qilib, 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025