Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda to‘rtta qo‘l va ikkita tanaga ega chaqaloq tug‘ildi
Hindistonning Bixar shtatida ikkita tana, to‘rtta oyoq va qo‘lga ega qizcha dunyoga keldi. Bola ahvoli yomonlashgach, jonlantirish bo‘limiga olib kelindi. Afsuski, shifokorlar uni qutqarib qola olishmadi, deb xabar bermoqda Life.ru.
Bola tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan, biroq, dahshatli o‘zgarishlarga ega chaqaloq haqida ma'lum bo‘lganidan so‘ng, shifoxonani mahalliy aholi vakillari o‘rab oldi. Ular bolani ko‘rishni istashgan.
Chaqaloqning onasi Savita Devining aytishicha, o‘z farzandini ilk bor ko‘rganida, shokka tushgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu uning uchun kutilmagan holat bo‘ldi.
"Nima ro‘y bermasin – hammasi yaxshilikka. U bunday o‘zgarishlar bilan qanday yashashi noma'lum edi", - dedi Savita Devi.
Biroq, bolani qutqarib qolishning imkoni yo‘q edi. Shifokor Mukesh Kumarning tushuntirishicha, qizcha yetarli daraja rivojlanmagan, shuning uchun unga hech narsa bilan yordam berib bo‘lmasdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025